Farg'onalik sportchimiz Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi

Sport

2023-yil Antverpenda oʻtgan sport gimnastikasi boʻyicha jahon chempionati hamyurtimiz Habibullo Ergashev uchun muvaffaqiyatli yakunlangan edi. Bu haqda O'zbekiston MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Farg'onalik sportchimiz Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi
Ma’lum qilinishicha, Ergashevning ushbu dunyo birinchiligida koʻpkurash dasturidagi ishtiroki unga Parij-2024 eshiklarini ochdi.

Ergashev Xalqaro gimnastika federatsiyasi (FIG) tomonidan 2023-yilgi Jahon chempionati yakuniga koʻra eʼlon qilingan reyting orqali Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan.

Ergashev Habibullo Himoyatullo oʻgʻli 1999-yil 6-may kuni Fargʻona shahrida tavallud topgan. 2012-yildan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. Konya-2021 Islom birdamligi oʻyinlarida va kuni kecha Toshkentda oʻtgan Osiyo chempionatida jamoaviy dasturda kumush medal bilan taqdirlangan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing