Transport koridori va umumiy energiya bozori: ekspertlar Markaziy Osiyoning iqtisodiy kelajagini belgilab berishdi
Iqtisodiyot
Regional integratsiyaning chuqurlashishi, muvofiqlashtirilgan elektr energiyasi bozorining ishga tushirilishi va Transkaspiy yo‘nalishining jadal rivojlanishi global bozorlar parchalangan sharoitda Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy suverenitetining belgilovchi omillariga aylanishi mumkin. Toshkentda bo‘lib o‘tgan mintaqaviy hamkorlik masalalari bo‘yicha xalqaro panel munozarasida yetakchi siyosatchilar va jahon moliyaviy institutlari vakillari mintaqaning geografik joylashuvini uning asosiy raqobatbardosh ustunligiga aylantirish bo‘yicha strategik qadamlarni muhokama qildilar. Munozarada O‘zbekiston, Tojikiston, Polsha, Shveytsariya, Lixtenshteynning tegishli vazirliklari rahbarlari, shuningdek, Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) yuqori rahbariyati ishtirok etdi.
O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov Toshkent investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish uchun infratuzilmani modernizatsiya qilish, davlat-xususiy sheriklik (DXSh) va davlat korxonalarini isloh qilishga e’tibor qaratayotganini ta’kidladi. O‘z navbatida, Jahon banki vitse-prezidenti Antonella Bassani mintaqani global bozorlar bilan bog‘lashda O‘rta koridorning muhimligini qayd etdi. U energetika sektoriga e’tibor qaratdi: bugungi kunda mintaqada ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining atigi 3 foizi transchegaraviy almashinuvga jalb etilgan. Ushbu vaziyatni o‘zgartirish uchun Jahon banki qayta tiklanadigan energiya manbalarini integratsiya qilishga qaratilgan qariyb 1 milliard dollarlik mintaqaviy energiya bozorini rivojlantirish dasturini qo‘llab-quvvatlamoqda.
Yevropalik hamkorlar ham moliyaviy ishtirokni kengaytirishlarini ma’lum qilishdi. Polsha moliya vaziri o‘rinbosari Yurand Dropning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa investitsiya banki 360 million yevrodan ortiq mablag‘ ajratadi, bu esa infratuzilma loyihalariga, jumladan, raqamli tarmoqlar va aviatsiya aloqalariga qariyb 1 milliard yevro jalb qilish imkonini beradi. IFC mintaqaviy direktori Liza Kestner xususiy kapital uchun to‘siqlarni ko‘rsatib o‘tdi: O‘rta koridor bo‘ylab faoliyat yuritayotgan 100 ta kompaniyadan faqat 10 foizi tartibga solishdagi farqlar tufayli uning infratuzilmasiga sarmoya kiritmoqda. Shu bilan birga, ikki tomonlama sheriklikning jadal o‘sishi kuzatilmoqda. Tojikiston moliya vaziri Fayziddin Qahhorzoda faqatgina yanvar oyida O‘zbekiston bilan tovar ayboshlash hajmi 11 foizga o‘sib, 200 million dollardan oshganini, tomonlarning uzoq muddatli maqsadi esa 2 milliard dollar ko‘rsatkichiga erishish ekanini ma’lum qildi.

Powered by Froala Editor