FIFA Futzal Jahon chempionati timsoli e’lon qilindi

Sport

Oʻzbekiston mezbonlik qiladigan Futzal boʻyicha Jahon chempionati rasmiy timsoli – Xon ismli Turon yoʻlbarsi tanishtirildi.

FIFA Futzal Jahon chempionati timsoli e’lon qilindi
Turon yoʻlbarsi kuch-qudrat va jasorat timsoli boʻlib, oʻzining chaqqonligi va yuqori tezligi bilan futzal sport turiga mos keladi. Ushbu timsol, oʻrta Osiyoning yoʻqotilgan boyligi sifatida tan olingan, va butun dunyoni hayvonot dunyosini muhofaza qilishga undaydi.

Jahon chempionati timsoli sifatida Turon yoʻlbarsining tanlanishi, nafaqat sport tadbirining ahamiyatini oshiradi, balki ekologik muhofazaga ham e’tibor qaratadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing