FIFA Jahon chempionati-2026 maskotlarini taqdim etdi

Sport

Bug‘u, yaguar va oqbosh burgut 2026-yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionatining rasmiy timsollari etib tanlandi. Musobaqa Kanada, AQSh va Meksikada bo‘lib o‘tadi.

FIFA Jahon chempionati-2026 maskotlarini taqdim etdi
Har bir maskot mezbon davlatni ifodalaydi: Kanadani darvozabon bug‘u Meypl, Meksikani hujumchi yaguar Zayu, AQShni esa himoyachi oqbosh burgut Klatсh ramziy qiladi. FIFA prezidenti Janni Infantino ta’kidlaganidek, bu qahramonlar mundialning quvonch, energiya va birdamlik ruhini ifodalaydi.

Chempionat 2026-yil 11-iyundan 19-iyulgacha davom etadi. Ilk bor 48 ta terma jamoa, jumladan O‘zbekiston milliy jamoasi ham qatnashadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing