Filippinda asteroidning qulashi manzarasi kuzatildi
Dunyo
5-sentabr kuni Filippinning Luzon orolida asteroidning yorqin manzarasi kuzatildi. Osmonda ko‘k dumli iz qoldirgan asteroidning diametri bir metrdan uch metrgacha bo‘lib, u yerga xavf tug‘dirmadi. Ko‘p qismi atmosferaning yuqori qatlamlarida yonib ketdi.
Astronomlar AQShning Arizona shtatidagi "Maunt Lemmon" observatoriyasidan bu kosmik obyektga 2024 RW1 deb nom berdilar. Asteroidning ko‘p qismi 100 dan 50 kilometrgacha balandlikda yonib bitdi, faqat kichik bir qismi yerga yetib kelgan bo’lishi mumkin.
Bu hodisaning alohida e’tiborga molik jihati shundaki, asteroidning yer atmosferasiga kirishini bir necha soat oldin kuzatish imkoni bo‘ldi. Bunday holatlar 2008-yildan beri faqat 9 marta qayd etilgan.
Asteroid yer atmosferasiga kirganida yorqin plazma buluti paydo bo‘ldi. Ushbu manzara yorqinligi to‘liq oydan ham kuchliroq bo‘lib, –13 yulduz kattaligida nur sochdi, shuning uchun hodisani 700 kilometrgacha masofada kuzatish mumkin bo‘ldi.
Bu noyob kosmik voqea Filippin aholisi va yaqin hududlar uchun unutilmas manzara bo‘lib qoldi.

Powered by Froala Editor