O‘zbekistonda talabalar shaharchalarini boshqarishning yagona raqamli tizimi yaratiladi
O'zbekiston
O‘zbekistonda talabalar shaharchalarini yagona raqamli boshqarish tizimi joriy etilmoqda. U davomat, xavfsizlik va ijtimoiy vaziyatni nazorat qilish imkoniyatlarini birlashtiradi. Tizim 2026-yil oxirigacha Toshkentning boshqa tumanlarida, 2027-yilda esa mamlakatdagi barcha oliy ta’lim muassasalarida joriy etilishi rejalashtirilgan.
Bu haqda 11-sentabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qilindi. Poytaxtning Olmazor tumanida ayni paytda 75 mingga yaqin talaba tahsil olmoqda. Yetti oliy ta’lim muassasasining 41 ta talabalar turar joyida qariyb 17,5 ming nafar yosh istiqomat qiladi.
Talabalarning ta’lim olishi va yashashi, bandligi, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishi, madaniy hordig‘i va xavfsizligi bilan bog‘liq masalalarni muvofiqlashtirish uchun alohida direksiya tashkil etiladi. Shuningdek, yotoqxonalar atrofini obodonlashtirish, yashil hududlar va buk-kafelarni rivojlantirish, madaniy tadbirlarni tashkil etish ham uning vazifalariga kiradi.
“Yoshlik” talabalar shaharchasida raqamli texnologiyalar asosida vaziyatlar markazi allaqachon faoliyat yuritmoqda. U ijtimoiy vaziyatni real vaqt rejimida kuzatish, talabalar davomatini nazorat qilish va huquqbuzarliklarning oldini olish imkonini beradi. Markaz shaharchadagi 41 ta yotoqxonani qamrab olgan va 17 ta axborot tizimi bilan integratsiya qilingan.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning ma’lum qilishicha, Prezidentga talabalar shaharchasini boshqarishning yangi modeli taqdim etilgan.
«Hozirda har bir oliy ta’lim muassasasida xizmatlar va boshqaruv turlicha tashkil etilgan. Bu ortiqcha mehnat va xarajatlarga olib kelmoqda. Shu bois bu yerda yagona direksiya tashkil etish va xorijiy, jumladan, Yevropa universitetlari tajribasi asosida “aqlli” boshqaruv tizimini joriy etish zarur», — dedi vazir.
Yangi tizimning asosiy yo‘nalishlaridan biri yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olishdan iborat. Buning uchun talabalar shaharchasida “aqlli” kameralar o‘rnatilishi va hududdagi huquqbuzarliklarni nazorat qilish tizimi yaratilishi ko‘zda tutilgan.
Kelgusida yagona platforma jinoyatchilik, darslarga davomat, kontrakt to‘lovlari bilan bog‘liq muammolar, talabalarni ishga joylashtirish va ularning bandligi haqidagi ma’lumotlarni birlashtiradi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2025/2026 o‘quv yili boshida O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarida 1,535 million talaba tahsil olgan.

Powered by Froala Editor