Fors ko‘rfazi mamlakatlari AQShning xavfsizlik kafolatlariga shubha bildirmoqda
Dunyo
Fors ko‘rfazi mamlakatlari Eron bilan mojaro fonida AQShning xavfsizlik kafolatlariga munosabatini qayta ko‘rib chiqmoqda. Time jurnali mintaqa davlatlari vakillariga tayanib yozishicha, urush Fors ko‘rfazi monarxiyalarining pozitsiyalarini yaqinlashtirib, mintaqaviy barqarorlikka intilishni kuchaytirgan.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Fors ko‘rfazi davlatlari vakillari uchta masalada umumiy fikrga yaqin. Ularning fikricha, Eron hanuz uzoq muddatli tahdid bo‘lib qolmoqda, AQShning «xavfsizlik soyaboni» endi ishonchli kafolat sifatida qabul qilinmayapti, mintaqadagi barqarorlik esa «ekzistensial ahamiyatga ega» ustuvor vazifaga aylangan.
Time qayd etishicha, mintaqa davlatlari Vashington ularning e’tirozlariga qaramay harbiy eskalatsiyaga kirishishini va keyinchalik uning oqibatlarini bartaraf eta olmasligi yoki buni istamasligini kutmagan. Nashrga ko‘ra, Fors ko‘rfazi mamlakatlarida ular hech qanday ogohlantirish va maslahatlashuvlarsiz mojaroga tortilgani hamda yetarlicha himoya qilinmagani haqida tasavvur shakllangan.
28-fevral kuni AQSh va Isroil Erondagi obyektlarga zarbalar bera boshladi. Bunga javoban Tehron ham zarbalar berdi. Iyun o‘rtalarida tomonlar harbiy harakatlarni to‘xtatish to‘g‘risida memorandum imzolagan bo‘lsa-da, keyinchalik yana zarbalar almashildi. Mojaro hozircha hal etilmagan.
Shu fon’da mintaqaning ko‘plab davlatlari Eron bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarama-qarshilikdan ko‘ra tiyilish va deeskalatsiyaga yana ustuvor ahamiyat bermoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Qatar va Ummon AQShni tezroq tinchlik kelishuviga erishishga undagan. Quvayt va Bahrayn dastlab mojaroning davom etishini qo‘llab-quvvatlagan, biroq keyinchalik boshqa davlatlarning pozitsiyasiga qo‘shilgan.
Eskalatsiya Hormuz bo‘g‘ozi orqali yuk tashishga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Mazkur yo‘nalish neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan tabiiy gazni jahon bozoriga yetkazib berishning muhim yo‘li hisoblanadi. Harakatning izdan chiqishi dunyoning aksariyat mamlakatlarida yoqilg‘i narxlarining oshishiga olib kelgan omillardan biri bo‘ldi.
Natijada mojaro Fors ko‘rfazi davlatlarining keskinlikni kamaytirish va mintaqaviy xavfsizlikning yanada barqaror modelini izlashga intilishini kuchaytirdi hamda AQShning asosiy tashqi xavfsizlik kafolatchisi sifatidagi avvalgi rolini shubha ostiga qo‘ydi.

Powered by Froala Editor