Formula-1 O‘zbekistonda o‘tkazilishi mumkin

Sport

Singapur Gran-prisi davomida «Formula-1» paddokida O‘zbekistonda musobaqa o‘tkazish imkoniyati muhokama qilindi. Bu haqda britaniyalik jurnalist Jo Savard xabar berdi.

Formula-1 O‘zbekistonda o‘tkazilishi mumkin
Uning so‘zlariga ko‘ra, tadbirda O‘zbekiston, Tailand va Janubiy Koreya vakillari ishtirok etib, kelajakdagi chempionat bosqichlari yuzasidan muzokaralar olib borgan.

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda avtosportga qiziqish ortib bormoqda. Bu, jumladan, mamlakatning sportdagi yutuqlari — ilk bor futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga chiqishi bilan ham bog‘liq.

Shuningdek, dekabr oyida Toshkentda Xalqaro avtomobil federatsiyasi (FIA) Bosh assambleyasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu ham mintaqaga e’tiborni kuchaytirmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing