Fox: AQShning Eronparast guruhlarga bergan zarbalari Suriyadagi olti kishining hayotiga zomin bo'ldi
Dunyo
Pentagon hujumga buyruqni AQSh Prezidenti Jo Bayden berganini tasdiqlagan.
AQShning Suriya sharqida Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan guruhlarga qarshi uyushtirgan havo hujumlarida kamida olti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda yakshanba kuni AQSh Mudofaa vazirligining yuqori martabali vakiliga tayanib, "Fox News" xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra,Qo‘shma Shtatlarning Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining (IRQC) Yaqin Sharqdagi bazalariga hujumlari oqibatida “kamida olti eronlik jangchi” halok bo‘lgan.
Avvalroq, AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Ostin Prezident Jo Bayden Eronparast guruhlarga qarshi havo hujumlari haqida buyruq berganini tasdiqlagan edi . Pentagon rahbarining soʻzlariga koʻra, “zarbalar oʻquv markazi va boshpanaga berilgan”.
Pentagon maʼlumotlariga koʻra, 17-oktyabrdan beri Suriya va Iroqdagi AQSh qoʻshinlari taxminan 50 marta hujumga uchragan.

Powered by Froala Editor