Fransiya Alisher Usmonovni YI sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarishni qo‘llab-quvvatladi
Dunyo
Fransiya Slovakiyaga qo‘shilib, rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonovni Yevropa Ittifoqi sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarishni talab qildi. Euronews ma’lumotlariga ko‘ra, Parijning bu pozitsiyasi ayrim YI davlatlarida kuchli norozilik uyg‘otgan va sanksiyalarni uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni murakkablashtirishi mumkin.
Slovakiya uzoq vaqtdan beri Usmonov va Mixail Fridman nomlarini ro‘yxatdan chiqarishni, shuningdek, shaxsiy sanksiyalarni olti oyda bir marta uzaytirish tartibini saqlab qolishni talab qilib kelmoqda. Hozir esa 12 oylik muddatga o‘tish masalasi muhokama qilinmoqda.
Yevropa Ittifoqining to‘rt diplomati ma’lumotiga ko‘ra, Fransiya ham Usmonovni ro‘yxatdan chiqarishni qo‘llab-quvvatlamoqda. Parij bu qadamni siyosiy murosa sifatida taqdim etgan va Slovakiyaning sanksiyalarni uzaytirishga roziligini olishni ko‘zlamoqda. Shu bilan birga, Fransiyaning YI huzuridagi doimiy vakolatxonasi vakili Parij sanksiyalarni uzaytirishni qo‘llab-quvvatlashini tasdiqlagan, biroq muzokaralar tafsilotlarini maxfiylik sababli izohlashdan bosh tortgan.
Fransiyaning pozitsiyasi boshqa a’zo davlatlarda «kuchli norozilik» uyg‘otdi. Yevropalik diplomat Euronews’ga: «Bu sabablar haqida ko‘plab savollarni keltirib chiqardi — ko‘rinishidan, bu yerda asosan iqtisodiy omillar muhim rol o‘ynamoqda. Boshqa a’zo davlatlar orasida bu pozitsiyani tushunish darajasi past», — dedi.
Usmonov 2022-yildan beri YI sanksiyalari ostida. O‘zbekistonda tug‘ilgan tadbirkor o‘z boyligini metallurgiya, konchilik, telekommunikatsiya va texnologiya sohalaridagi investitsiyalar orqali shakllantirgan. Usmonov o‘zining Kremlga yaqinligi haqidagi da’volarni rad etadi.
YI sanksiyalar rejimi 3 mingdan ortiq jismoniy va yuridik shaxsni qamrab oladi. Uni uzaytirish barcha a’zo davlatlarning bir ovozdan roziligini talab qiladi. Amaldagi muddat 15-sentabrda tugaydi, shu sababli YI elchilari yakuniy muddatdan oldin masalani yana muhokama qiladi.

Powered by Froala Editor