Fuqarolar elektr energiyasini sotib, daromad qilishlari mumkin

O'zbekiston

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-iyundagi “Jismoniy shaxslar va tadbirkorlik subyektlari tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanilgan holda ishlab chiqarilgan elektr energiyasining ehtiyojdan ortiqcha qismini sotish tartibini belgilash to‘g‘risida”gi 247-sonli qaroriga asosan, fuqarolar ortiqcha elektr energiyasini davlatga sotishlari mumkin.

Fuqarolar elektr energiyasini sotib, daromad qilishlari mumkin
“Quyoshli xonadon” dasturi doirasida jismoniy shaxslarga tegishli obyektlarda quyosh paneli o‘rnatgan aholi tomonidan o‘z ehtiyojidan ortiqcha ishlab chiqarilgan elektrning har bir kilovatti uchun 1 000 so‘mdan subsidiya beriladi, ya’ni davlat elektrni aholidan 1 000 so‘mdan sotib oladi.

Mazkur subsidiyani olish uchun “Soliq” mobil ilovasi orqali ro‘yxatdan o‘tish lozim.

Tadbirkorlar tomonidan quyosh, shamol va biogaz elektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan har bir kilovatt elektr 720 so‘mdan sotib olinadi. Bunga oid shartnomani tuzish uchun “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning tuman (shahar) filiallariga murojaat qilish lozim.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing