Futbol bo‘yicha 2024-yilgi Yevropa chempionati: 14-iyun uchun o'yin natijalari

Sport

Germaniyada bo'lib o'tayotgan Yevro-2024 musobaqasining birinchi kuni yakunlandi.

Futbol bo‘yicha 2024-yilgi Yevropa chempionati: 14-iyun uchun o'yin natijalari
Ochilish bahsida mezbonlar Shotlandiyani 5:1 hisobida mag'lub etishdi.

Bugun, 15-iyun kuni Yevro turnirida uchta o‘yin bo‘lib o‘tadi. Soat 18:00da “A” guruhida Vengriya va Shveysariya terma jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishadi. Keyin esa “B” guruhidagi jamoalar bahsga kirishadi. Soat 21:00da Ispaniya Xorvatiyaga, 00:00da esa Italiya Albaniyaga qarshi bahs olib boradi.

Yevro-2024 14-iyulga qadar davom etadi va jami 24ta jamoa ishtirok etadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing