Futzal bo’yicha Jahon chempionati davom etadi

Sport

Bugun futzal boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi mamlakatimizda oʻtayotgan Jahon chempionatida uchinchi tur uchrashuvini oʻtkazadi.

Futzal bo’yicha Jahon chempionati davom etadi
Hamyurtlarimiz 1/8 yoʻllanmasi uchun kechadigan bellashuvda Kosta-Rikaga qarshi bahs olib boradi.

Eslatib o’tamiz, futzalchilarimiz Jahon chempionatining birinchi turida Niderlaniya jamoasi bilan durang natijani qayd etishgan bo’lsa, 2-turda Paragvay jamoasiga imkoniyatni boy berishdi.

Bahslar bugun, O’zbekiston vaqti bilan 20:00 da, Humo Arenada bo’lib o’tadi.

Hal qiluvch jangda yigitlarimizga omad tilab qolamiz!

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing