Garry’ bo‘roni Janubiy Italiyani qamrab oldi
Dunyo
Kuchli “Garry” bo‘roni Janubiy Italiyani qamrab oldi, shahar ko‘chalarini suv bosdi va evakuatsiyalar boshlandi. Bir nechta hududlarda qizil xavf darajasi e’lon qilindi.
“Garry” bo‘roni Italiyani Janubiy hududlari – Sitsiliya, Sardiniya va Kalabriya –ni qamrab oldi. Fuqarolarni himoya qilish xizmati qizil xavf darajasini e’lon qildi, bu esa hayot va mulkka yuqori xavf mavjudligini bildiradi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, xavfli hududlardan 675 kishi evakuatsiya qilindi. Mahalliy hokimiyat kuchli yomg‘ir, bo‘ron shamoli va 9 metrli to‘lqinlar haqida ogohlantirmoqda. Suv shaharning ko‘chalarini bosib, transport va infratuzilma uchun xavf tug‘dirmoqda.
Qutqaruv xizmatlari yuqori tayyorgarlikda bo‘lib, eng xavfli hududlardan odamlarni evakuatsiya qilishda davom etmoqda. Meteorologlar bir necha kun davomida ob-havo noqulayligining saqlanishini bildirgan.

Powered by Froala Editor