Dusmatov titul sari: WBA kamari uchun jang Bishkekda bo‘lib o‘tadi
Sport
Ikki karra Olimpiya chempioni Hasanboy Dusmatov professional ringdagi navbatdagi jangiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda u puerto-rikolik bokschi Jonatan Gonzalesga qarshi WBA vaqtinchalik chempionlik kamari uchun ringga chiqadi.
17–19 aprel kunlari Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida professional boks oqshomi bo‘lib o‘tadi. Undagi asosiy janglardan birida ikki karra Olimpiya chempioni Hasanboy Dusmatov ringga ko‘tarilishi kutilmoqda.
Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) reytingida oltinchi o‘rinda turgan o‘zbekistonlik bokschi 50 kilogrammgacha vazn toifasida tashkilotning vaqtinchalik chempionlik kamari uchun jang qiladi. Uning raqibi tajribali puerto-rikolik bokschi Jonatan Gonzales bo‘ladi.
Hasanboy Dusmatov professional ringdagi so‘nggi jangini 2025 yil 20 iyul kuni filippinlik Mark Antonio ga qarshi o‘tkazib, g‘alaba qozongan edi. Shu tariqa, uning professional boksdagi janglari soni yettitaga yetdi va ularning barchasida Dusmatov g‘alaba qozongan.
Jonatan Gonzales hisobida esa 29 g‘alaba, 4 durang va 1 mag‘lubiyat bor. Bu esa bo‘lajak jangni o‘zbekistonlik bokschi uchun jiddiy sinovlardan biriga aylantiradi.

Powered by Froala Editor