Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi yangi bosqichga olib chiqiladi
O'zbekiston
13 mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish, Xalq qabulxonalarining faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish hamda jamoatchilik fikrini chuqur tahlil qilish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Ta’kidlanganidek, mamlakatimiz aholisi 38 milliondan oshdi, fuqarolar daromadi esa so‘nggi to‘qqiz yil ichida ikki barobarga ko‘paydi. Hududlarda muammolarni hal qilish maqsadida vazirlar va hokimlar mahalla darajasida ishlaydigan tizim yo‘lga qo‘yildi. 2025 yilda mahallalarda infratuzilmani rivojlantirish va aholining turmush sharoitlarini yaxshilash uchun 56 trillion so‘m ajratilmoqda.
Shu bilan birga, Prezident fuqarolar ko‘tarayotgan muammolar mavjud imkoniyatlarga qaramay har doim ham o‘z vaqtida hal etilmayotganini ta’kidladi.
— To‘qqiz yil avval Xalq qabulxonalari tashkil etilganda asosiy maqsad davlat organlarini xalqqa yaqinlashtirish edi. O‘z vaqtida ular samarali faoliyat yuritdi. Biroq bugungi kunda bu tizimni aholining hozirgi talablariga mos ravishda yangilash zarur, — dedi davlat rahbari.
“Har bir inson va har bir oila muammosini bilish va o‘z vaqtida yordam berish” tamoyili barcha darajadagi rahbarlar faoliyatining asosiga aylanishi kerakligi qayd etildi.
Yig‘ilishda fuqarolar murojaatlari bo‘yicha mavjud holat tahlil qilindi. Respublikada o‘rtacha har o‘n ming aholiga 319 ta ariza va shikoyat to‘g‘ri keladi. Biroq ayrim hududlarda bu ko‘rsatkich ancha yuqori: Toshkent shahrida — 535, Navoiy viloyatida — 462, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlarida — 452, Jizzax viloyatida — 430, Qashqadaryo viloyatida — 368, Toshkent viloyatida — 350.
Dehqonobod va Mirobod tumanlari, shuningdek Navoiy, Ohangaron va Yangiyer shaharlarida har o‘n ming aholiga to‘g‘ri keladigan murojaatlar soni boshqa hududlarga nisbatan deyarli ikki barobar yuqori.
Respublika bo‘yicha murojaatlar soni umumiy hisobda 16 foizga kamaygan bo‘lsa-da, Qorovulbozor, Nurota, Konimex va Tuproqqal’a tumanlari hamda Namangan shahrida bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan qariyb 50 foizga oshgan. Ayrim hokimlar va mas’ul rahbarlarning sayyor va shaxsiy qabullarga rasmiyatchilik bilan yondashayotgani tanqid qilindi.
O‘tgan yildan boshlab hokimlar Xalq qabulxonalari faoliyati uchun shaxsan mas’ul etib belgilangani eslatildi. Qoraqalpog‘iston, Andijon, Qashqadaryo, Xorazm va Sirdaryo viloyatlarida rahbarlarning faol ishtiroki natijasida murojaatlar soni 25–30 foizga kamaygani, ko‘tarilgan masalalarning 60–70 foizi ijobiy hal etilayotgani qayd etildi.
Biroq boshqa hududlarda sezilarli o‘zgarish kuzatilmagan. Masalan, Toshkent shahrida 170 ming, Toshkent viloyatida esa 110 ming murojaatdan yarmidan ko‘pi hal etilmagan. Surxondaryo va Samarqand viloyatlarida hamda poytaxtda takroriy murojaatlar soni ortgan.
Muammolar faqat ijtimoiy tarmoqlarda rezonans bo‘lgandan keyin hal qilinayotgani aholining davlat organlariga bo‘lgan ishonchiga putur yetkazishi qayd etildi.
Yig‘ilishda murojaatlar eng ko‘p kelib tushadigan sohalar — ichki ishlar, majburiy ijro, sog‘liqni saqlash, bandlik, ijtimoiy himoya, energetika va infratuzilma masalalari muhokama qilindi.
Masalan, o‘tgan yili aliment masalasi bo‘yicha qariyb 70 ming murojaat kelib tushgan. Ko‘rilayotgan choralarga qaramay, ularning qariyb 30 foizi aliment to‘lovchilarning rasmiy daromadi yo‘qligi sababli hal etilmay qolmoqda. Shu munosabat bilan bandlik bo‘limlari va “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
Shuningdek, tartibli mehnat migratsiyasi asosida fuqarolarni xorijda yuqori maoshli ish o‘rinlariga yuborish tizimi yaratilgani qayd etildi. Biroq aliment majburiyati bo‘lgan fuqarolar bu imkoniyatdan foydalana olmayapti. Ularning xorijda ishlashi bilan birga aliment oluvchilarning huquqlari ham kafolatlanadigan mexanizm ishlab chiqish topshirildi.
Ichki ishlar organlari faoliyati, xususan tergov sifati va xodimlarning muomala madaniyati bo‘yicha ham ko‘plab shikoyatlar kelib tushayotgani aytildi. Shu sababli profilaktika inspektorlari va tergovchilarning kasbiy darajasini oshirish bo‘yicha ishlarni kuchaytirish topshirildi.
2025 yilda energetika, yo‘l va suv infratuzilmasi masalalari bo‘yicha 109 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan. Ayniqsa Andijon, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining ayrim tumanlari hamda Samarqand, Namangan, Termiz, Qarshi va Andijon shaharlarida bunday murojaatlar ko‘p qayd etilgan.
Joriy yilda ushbu muammolarni hal etish uchun 20 trillion so‘m ajratilgan. Mablag‘larni eng ko‘p murojaat kelayotgan mahallalarga yo‘naltirish aholining qoniqish darajasini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
“Tashabbusli budjet” dasturining samaradorligi ham qayd etildi. Shu bilan birga, infratuzilma masalalari bo‘yicha 25 ming murojaat kelgan 2 ming mahalla ushbu dasturga biror loyiha kiritmagan. Ularga loyihalar tayyorlashda yordam berish topshirildi.
Ayrim vazirliklar murojaatlarni hal qilish o‘rniga rasmiy javoblar bilan cheklanayotgani tanqid qilindi. Jumladan, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi murojaatlarning 64 foizi bo‘yicha amaliy yechim taklif etmagan, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasini nazorat qilish inspeksiyasi — 61 foiz, Transport vazirligi — 58 foiz.
Prezident murojaatlar bilan ishlash tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqish zarurligini ta’kidladi. Xalq qabulxonalari nafaqat murojaatlarni qabul qiluvchi tuzilma, balki muammolarni tahlil qiluvchi va tizimli yechimlar ishlab chiqadigan markazlarga aylanishi kerak.
Yangi tizim Qarshi shahri misolida tushuntirildi. Unda aliment to‘lovchilarning bandligi, ish haqi kechikishlari, servis boshqaruv kompaniyalari faoliyati, uy-joy va pensiya masalalari bo‘yicha manzilli ish mexanizmlari belgilangan.
Birinchi yarim yillikda Qarshi shahrini murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha namunaviy hududga aylantirish vazifasi qo‘yildi. Shunga o‘xshash tizim barcha hududlar va mamlakatdagi 208 ta tuman va shaharda joriy etiladi.
Shuningdek, Xalq qabulxonalarini zamonaviy fikrlaydigan mutaxassislar bilan to‘ldirish va murojaatlarni tizimli tahlil qiladigan maxsus nazorat guruhini tashkil etish topshirildi.
Hukumatda vazirlik va idoralar rahbarlaridan iborat operativ shtab tuziladi. Xalq qabulxonalari murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibini buzgan davlat organlariga majburiy ko‘rsatmalar berish huquqiga ega bo‘ladi. Har olti oyda davlat organlarining murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha reytingi e’lon qilinadi.
Prezident Virtual qabulxonasida har bir mahalla uchun alohida kabinet yaratiladi. Uni mahalla raisi va yoshlar yetakchisi yuritadi hamda murojaatlar sabablarini tahlil qilib hokimlarga har kuni ma’lumot beradi.
Davlat rahbari sotsiologik tadqiqotlarning ham davlat siyosati yo‘nalishlarini belgilash va jamoatchilik kayfiyatini aniqlashda muhim manba ekanini ta’kidladi. Shu sababli bunday tadqiqotlarni kengaytirish va doimiy monitoring tizimini joriy etish topshirildi.
Yig‘ilish yakunida hududlar va idoralar rahbarlarining hisobotlari eshitildi hamda ijro intizomini kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar belgilandi.

Powered by Froala Editor