G'azoda boshqa boradigan joy qolmadi – BMT

Dunyo

Martin Griffits Isroil armiyasining Rafah hududiga ehtimoliy hujumi haqida fikr bildirdi.

G'azoda boshqa boradigan joy qolmadi – BMT
G‘azo sektori janubidagi Rafah shahrida 1 milliondan ortiq aholi tasavvur qilib bo‘lmaydigan azob-uqubatlarga duch keldi. G'azoda boshqa boradigan joy qolmagan. Bu haqda BMT bosh kotibining gumanitar masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Martin Griffits ma’lum qildi.

U Isroil armiyasining Rafah hududiga qilishi mumkin boʻlgan ehtimoliy hujumi haqida fikr bildirdi.

“Ko‘chalar minalar bilan to‘ldirilgan, mahallalar bombardimon qilingan. Bir necha oylar davomida tinch aholi bombalar, oziq-ovqat tanqisligi va kasallik sharoitida ko'chib o'tishga majbur bo'ldi”, deydi Griffits.

“Ular qayerga borishlari mumkin? Qanday qilib ular xavfsiz qolishlari mumkin? G‘azoda boshqa boradigan joy yo‘q”, deb yozdi u ijtimoiy tarmoqda.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti vakili Gʻazoning tinch aholisini himoya qilishga, ularni boshpana, oziq-ovqat va tibbiy xizmatlar bilan ta'minlashga chaqirdi.

Avvalroq Isroil bosh vazirligi idorasi “G‘azo janubida HAMASning to‘rtta batalyonini yo‘q qilmasdan turib, urush maqsadiga erishish mumkin emas”, deb aytgan edi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing