G‘azoda halok bo‘lganlar soni 43,2 mingdan oshdi

Dunyo

G‘azodagi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berishicha, 2023 yil oktyabr oyidan buyon Isroil harbiylarining harakatlari oqibatida G‘azo sektorida 43,2 mingdan ortiq falastinlik halok bo’lgan.

G‘azoda halok bo‘lganlar soni 43,2 mingdan oshdi
Isroilning G‘azodagi harakatlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 43 204 nafarga yetgan bo‘lsa, yana 101 641 kishi jarohatlangan. 24 soat ichida G‘azoda Isroil bombardimonlari oqibatida 41 falastinlik halok bo‘lgan va 131 kishi jarohat olgan.

So‘nggi 48 soat ichida Isroil armiyasi G‘azo sektorida 5 ta oilani qirg‘in qilgani, 96 kishi halok bo‘lgani va 277 kishi yaralangani ma’lum bo’ldi. Isroil Falastin tomonidan halok bo‘lganlar va jabrlanganlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar yolg‘on ekanligini va unga ishonmasligini ta‘kidladi.

Joriy yilning 25 oktyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti urushdan vayron bo‘lgan G‘azo sektorida bolalar va nogironlar tobora dahshatli sharoitlarga duch kelayotgani, shifoxonadagi bemorlar evakuatsiya kechikishi tufayli vafot etayotganini ma’lum qilgandi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing