Erdo‘g‘an barcha davlatlarni G‘azoda tinchlik o‘rnatish tashabbusini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi

Siyosat

Men barcha davlatlar va xalqaro tashkilotlarni G‘azoda tinchlik o‘rnatish tashabbusini qo‘llab-quvvatlashga chaqiraman - Turkiya Prezidenti.

Erdo‘g‘an barcha davlatlarni G‘azoda tinchlik o‘rnatish tashabbusini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi
Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ta‘kidlashicha G‘azoda bolalar, ayollar va tinch aholini ommaviy qirg‘in qilish orqali xavfsizlikni ta’minlab bo‘lmaydi. Bu haqda Anadolu xabar berdi.

"G’arb davlatlari rag’batlantirgan va G’arb matbuoti tomonidan qonuniylashtirilgan bu jinnilikdan mintaqamiz tezroq qutulishi kerak. Men barcha davlatlar va xalqaro tashkilotlarni G‘azoda tezda o‘t ochishni to‘xtatish tashabbusini chin dildan qo‘llab-quvvatlashga chaqiraman. Men Isroil hukumatini tinch aholiga hujumlarini kuchaytirmaslikka va vayronagarchilik harakatlarini darhol to'xtatishga chaqiraman", dedi Turkiya rahbari.

Prezident Erdog’an G’azoga qilanadigan hujumlarni kengaytirish ko’proq og’riq, o’lim va ko’z yoshlarini olib kelishini aytadi.

"Bolalar, ayollar va tinch aholini o'ldirish, kasalxonalar, maktablar, masjidlar va cherkovlarni portlatish orqali xavfsizlikni ta'minlash mumkin emasligi aniq", deya ta'kidladi u.

Prezident Erdo‘g‘anning qayd etishicha, musulmonlar, yahudiylar, nasroniylar va u yerda yashovchi har bir inson xavfsizligini kafolatlaydigan yangi mexanizmlar yaratilishi bilan mintaqada barqarorlikka erishish mumkin.


Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing