G'azodagi Isroil urushi: falastinliklar "g'ayriinsoniy" sharoitlarda yashamoqda

Dunyo

Isroilning zarbalari G'azo shahridagi gavjum evakuatsiya markaziga va Xon-Yunisdagi ko'chirilganlar lageriga tushdi, deb xabar bermoqda Al Jazeera.

G'azodagi Isroil urushi: falastinliklar "g'ayriinsoniy" sharoitlarda yashamoqda
Kamida to‘rt kishi halok bo‘ldi, qutqaruvchilar esa G‘azo shimolidagi Bayt-Lahiyada Isroil hujumi oqibatida vayronalar ostida qolib ketgan insonlarni qidirmoqda.

G'azodagi odamlar "g'ayriinsoniy sharoitlarga yashamoqda", aholining uchdan bir qismi yozning jazirama issig’ida omon qolish uchun axlatlardan ozuqa qidirmoqda, deydi Mercy Corps yordam guruhi.

AQSh Pentagon rahbari Lloyd Ostinning aytishicha, Qo'shma Shtatlar Isroil-Livan chegarasidagi zo'ravonlik mojarosiga barham berish uchun "shoshilinch ravishda diplomatik kelishuvga erishmoqchi".

7-oktyabrdan beri Isroilning G‘azoga qarshi urushida kamida 37 658 kishi halok bo‘ldi va 86 237 kishi yaralandi. Urushning boshida HAMASning Isroilda uyushtirgan hujumlari tufayli halok bo‘lganlar soni 1139 kishini tashkil etadi, o‘nlab odamlar hali-hanuz G‘azoda asirlikda qolmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing