Isroil havo kuchlari G‘azodagi turarjoy binosiga zarba berdi
Dunyo
Genotsidda ayblanayotgan Isroil harbiy-havo kuchlari G‘azo sektorining blokadadagi markaziy qismidagi “Nusayrat” qochqinlar lageridagi turarjoy binosiga zarba berdi: 27 falastinlik halok bo‘ldi, ko‘plari yaralandi. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, hujumda halok bo‘lgan va yaralanganlarning aksariyati ichki ko‘chirilganlardir.
G'azoning 2,3 million aholisi Isroil tomonidan havo, quruqlik va dengizdan ommaviy bombardimon qilinishi, shuningdek, eksklavning to'liq blokadasi tufayli oziq-ovqat, suv va dori-darmon tanqisligidan aziyat chekmoqda. Mintaqa katta gumanitar falokatga yuz tutgan.
Isroilning havo va quruqlik hujumlari natijasida minglab binolar, jumladan kasalxonalar, masjidlar va cherkovlar ham zarar ko'rgan yoki butunlay vayron bo'lgan.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yil 7-oktabrdan buyon Isroilning G‘azo sektoridagi hujumlari oqibatida qurbonlar soni 31,7 ming kishidan oshdi, eksklavning 73,7 mingdan ortiq aholisi jarohat oldi.

Powered by Froala Editor