Hindiston, O'zbekistonda sun'iy intellektga asoslangan birinchi yirik ma'lumotlar markazini barpo etadi

O'zbekiston

Hindistonning "Larsen & Toubro" (L&T) kompaniyasi O'zbekistonda sun'iy intellektni qo'llab-quvvatlovchi va quvvati 10 megavattga teng bo'lgan birinchi barqaror ma'lumotlarni qayta ishlash markazini qurish loyihasini amalga oshiradi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.

Hindiston, O'zbekistonda sun'iy intellektga asoslangan birinchi yirik ma'lumotlar markazini barpo etadi
"Larsen & Toubro" muhandislik kompaniyasi tomonidan tarqatilgan xabarda mazkur loyiha "muhim" buyurtma deb atalgan.

Toshkent shahrida hayotga tadbiq etiladigan loyiha yangi avlod sun'iy intellekt ilovalarini qo'llab-quvvatlash, atrof-muhitga ta'sirni minimallashtirish va energiya samaradorligini oshirish maqsadida ilg'or imkoniyatlar bilan jihozlangan zamonaviy obyektni loyihalash, texnologiyalar xarid qilish va qurilish ishlarini bajarishni o'z ichiga oladi.

Ma'lumotlar markazi ilg'or xavfsizlik texnologiyalaridan foydalangan holda konfidensial ma'lumotlarni himoya qilish bo'yicha mustahkam tizimlar bilan jihozlanadi, deyiladi kompaniya bayonotida. Loyiha mintaqadagi ma'lumotlar markazlari infratuzilmasi uchun yangi standartlarni joriy qiladi, ilg'or texnologiyalarni barqarorlikka bo'lgan qat'iy intilish bilan uyg'unlashtiradi.

"Larsen & Toubro" Hindistonning qiymati 27 milliard AQSh dollariga teng transmilliy kompaniyasi bo'lib, dunyoning turli mintaqalarida faoliyat yuritadi, EPC-loyihalar (muhandislik, xarid qilish va qurilish ishlari), yuqori texnologiyali ishlab chiqarish va xizmatlar bilan shug'ullanadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing