Saida Mirziyoyeva: Toshkentga ko‘proq yashil hududlar kerak

O'zbekiston

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida barpo etiladigan bo‘lajak park hududini ko‘zdan kechirdi. Uning ta’kidlashicha, poytaxtda, ayniqsa issiq iqlim sharoitida, yashil hududlarni kengaytirish zarur.

Saida Mirziyoyeva: Toshkentga ko‘proq yashil hududlar kerak
Bo‘lajak park hududida ko‘l, yashil zonalar, sayr qilish, sport bilan shug‘ullanish va bolalar bilan dam olish uchun maydonlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Saida Mirziyoyeva daraxtlar, suv va soya shahar aholisi hayot sifatiga bevosita ta’sir qilishini ta’kidladi. U mavjud yashil hududlarni asrash va yangi ekologik toza massivlarni yaratish muhimligini qayd etdi.

“Bunday hududlar poytaxtning barcha tumanlarida bo‘lishi kerak. Shaharda parklarni faolroq shakllantirish, mavjud yashil hududlarni saqlash va yangi ekologik toza massivlarni yaratish zarur. Bu Toshkentni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlaridan biri va bu ishlarni davom ettiramiz”, — dedi Saida Mirziyoyeva.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing