O‘zbekiston “Koreya – Markaziy Osiyo: yashil hamkorlik” formatini yaratishni taklif qildi
O'zbekiston
O‘zbekiston “Koreya – Markaziy Osiyo: yashil hamkorlik” yangi formatini shakllantirish va “Markaziy Osiyoning yashil kamari” tashabbusini amaliy bosqichga o‘tkazishni taklif qildi. Ushbu takliflar O‘zbekiston Prezidentining ekologiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov tomonidan Koreya Respublikasida o‘tkazilgan Koreya – Markaziy Osiyo o‘rmonlar va iqlim bo‘yicha vazirlik forumi hamda Vazirlar muloqotida ilgari surildi.
Forumda O‘zbekistonning ko‘kalamzorlashtirish va degradatsiyaga uchragan yerlarni tiklash borasidagi natijalari taqdim etildi. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mamlakatda 1 milliarddan ortiq ko‘chat ekildi, yashil hududlar ulushi 8 foizdan 14 foizga oshdi. 2030 yilga borib bu ko‘rsatkichni 30 foizga yetkazish maqsad qilingan. Orol dengizining qurigan tubida qariyb 2 million gektar maydonda o‘rmonzorlar barpo etilgan.
“Markaziy Osiyoning yashil kamari” tashabbusini amalga oshirish uchun Janubiy Koreya, BMTning Cho‘llanishga qarshi kurash konvensiyasi (UNCCD) va Osiyo o‘rmon xo‘jaligi hamkorlik tashkiloti (AFoCO) ishtirokida pilot hududlar, o‘lchanadigan ko‘rsatkichlar, amalga oshirish muddatlari va moliyalashtirish mexanizmlarini belgilash taklif etildi.
Shuningdek, saksovul o‘rmonlarini saqlash va modernizatsiya qilish bo‘yicha mintaqaviy dastur yaratish tashabbusi ilgari surildi. Dastur genetik tadqiqotlar, urug‘chilik texnologiyalari, sun’iy yo‘ldosh monitoringi, sun’iy intellekt va saksovulzorlarning yagona raqamli atlasini yaratishni qamrab oladi.
Yerlarni tiklashga investitsiyalarni jalb etish maqsadida koreyalik kompaniyalar va moliya institutlari ishtirokida mintaqaviy uglerod xabini tashkil etish taklif qilindi. UNCCD va BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha doiraviy konvensiyasi (UNFCCC) bilan hamkorlikda qurg‘oqchil hududlardagi uglerod loyihalarining yuqori qiymati va murakkabligini hisobga oluvchi “Arid Lands Carbon Standard” standartini ishlab chiqish taklifi ham bildirildi.
Green University huzuridagi Cho‘llanishga qarshi kurash va cho‘l iqtisodiyotini rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti mintaqaviy ilmiy-amaliy platforma sifatida belgilandi. Unda Koreya va Markaziy Osiyo olimlari ishtirokida qo‘shma tadqiqotlar, dala sinovlari va pilot loyihalar amalga oshiriladi.

Powered by Froala Editor