Ilhom Aliyev turk dunyosini Ozarbayjonning asosiy tashqi siyosiy ustuvor yo‘nalishi deb atadi
Dunyo
Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev 17-sentabr kuni Turk davlatlari tashkiloti (TDT)ga a’zo mamlakatlarning xavfsizlik organlari rahbarlarini qabul qildi. Uchrashuv Bokuda bo‘lib o‘tdi va unda Ozarbayjon, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya hamda Shimoliy Kipr Turk Respublikasi vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda Ozarbayjon Xavfsizlik kengashi kotibi Ramil Usubov, TDT Bosh kotibi Kubanychbek Omuraliyev, Turkiya Milliy xavfsizlik kengashi Bosh kotibi Okay Memish, O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov, Qirg‘iziston Xavfsizlik kengashi kotibi Adilet Orozbekov, Qozog‘iston Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Aida Balayeva va Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Bosh vaziri maslahatchisi Mehmet Aga qatnashdi.
Uchrashuvda so‘zga chiqqan Ilhom Aliyev TDT “juda katta xalqaro nufuzga ega tashkilot” ekanini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tashkilot doirasida xalqaro xavfsizlik, savdo, transport, multikulturalizm va gumanitar hamkorlik masalalari muhokama qilinmoqda.
Prezident TDTga a’zo davlatlar salohiyati katta ekanini va tashkilotning xalqaro maydondagi o‘rnini yanada mustahkamlashga intilayotganini qayd etdi. “Mamlakatlarimiz salohiyati juda katta va u tobora mustahkamlanib bormoqda”, — dedi u.
Ilhom Aliyev energetik xavfsizlik bugungi xalqaro vaziyatda alohida ahamiyat kasb etayotganini ham ta’kidladi. Uning fikricha, TDT mamlakatlarining tabiiy resurslari davlatlarni mustahkamlash, aholi farovonligini oshirish va global energetik xavfsizlikni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.
Shuningdek, Prezident Ozarbayjon Qozog‘iston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston bilan qo‘shma investitsiya jamg‘armalarini tashkil etganini hamda o‘zaro investitsiyalarni jalb qilish jarayoni faol davom etayotganini ma’lum qildi.
“Turk dunyosi — bu bizning oilamiz va bizning boshqa oilamiz yo‘q”, — dedi Ilhom Aliyev va turk davlatlari bilan hamkorlikni Ozarbayjon tashqi siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishi deb atadi.

Powered by Froala Editor