Xitoy AQShning Rossiya va Eronga qarshi sanksiyalar to‘g‘risidagi qonun loyihasini tanqid qildi
Dunyo
Xitoy AQSh Kongressi Rossiya va Eronga qarshi yangi choralarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini qabul qilganidan so‘ng ekstraterritorial yurisdiksiya va bir tomonlama sanksiyalarga qarshi chiqdi. Pekin Xitoyning boshqa davlatlar bilan iqtisodiy va savdo hamkorligi uchinchi davlatlarning aralashuvi yoki bosimiga duchor bo‘lmasligi kerakligini bildirdi.
Xitoy TIV vakili “Xitoy va boshqa davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy va savdo hamkorligi hech qanday uchinchi tomonga qarshi qaratilmagan va uchinchi tomonlarning aralashuvi yoki majburlashiga duchor bo‘lmasligi kerak”, deya ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Pekin xalqaro huquqiy asoslarga ega bo‘lmagan va BMT Xavfsizlik kengashi tomonidan tasdiqlanmagan bir tomonlama sanksiyalarga qarshi.
AQSh Vakillar palatasi 16-sentabr kuni Rossiya va Eronga nisbatan iqtisodiy bosimni kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasini qabul qildi. Reuters xabariga ko‘ra, hujjat Rossiya energetika resurslarini xarid qilishni davom ettirayotgan davlatlarga, jumladan Xitoy va Hindistonga, 100 foizgacha bojlar joriy etish vakolatini berishi mumkin.
Shu bilan birga, Xitoy va AQSh savdo masalalari bo‘yicha muloqotni davom ettirmoqda. Xitoy Savdo vazirligi 17-sentabr kuni ikki davlatning iqtisodiy va savdo jamoalari tariflarni o‘zaro pasaytirish masalalari yuzasidan yaqin aloqani saqlab kelayotganini ma’lum qildi. Muzokaralar har ikki tomon uchun qariyb $30 milliardlik tovarlarni qamrab oluvchi doiraviy kelishuvga taalluqli.
Shu tariqa, sanksiyalar bo‘yicha kelishmovchiliklarga qaramay, Pekin va Vashington savdo masalalarida muzokaralarni davom ettirmoqda.

Powered by Froala Editor