Turkiy davlatlar iqtisodiy integratsiyaning yangi mexanizmlarini muhokama qildi
Dunyo
16 sentyabr kuni Bokuda Turkiy davlatlar tashkilotining (TDT) yetakchi milliy tahliliy markazlarining 2-xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Konferensiya doimiy maslahatlashuvlar va qo‘shma tadqiqotlar orqali iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashga bag‘ishlandi. Muhokamalarning asosiy yo‘nalishlaridan biri yangi moliyaviy, transport va raqamli hamkorlik mexanizmlarini rivojlantirish bo‘ldi.
TDT Bosh kotibi Kubanichbek O‘muraliyev tahliliy markazlar, universitetlar va ilmiy-tadqiqot muassasalari qo‘shma tadqiqotlar, ma’lumot almashinuvi va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishda faolroq ishtirok etishi kerakligini ta’kidladi. Konferensiyada keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yil yakunlari bo‘yicha TDTga a’zo va kuzatuvchi davlatlarning umumiy YAIMi 2,4 trillion dollardan oshgan, savdo aylanmasi qariyb 1,27 trillion dollarni, aholisi esa 180 milliondan ortiqni tashkil etgan.
Muhokamalarda O‘rta koridor, savdo-iqtisodiy aloqalar, raqamli transformatsiya, sun’iy intellekt va barqaror rivojlanishga alohida e’tibor qaratildi. Konferensiya Ozarbayjon Iqtisodiy islohotlarni tahlil qilish va kommunikatsiyalar markazi hamda TDT Kotibiyati tomonidan birgalikda tashkil etildi. Unda 30 dan ortiq tahliliy markaz vakillari ishtirok etdi.
Turkiyaning Adolat va taraqqiyot partiyasi raisi o‘rinbosari Kyurshad Zorlu Turkiya tomonidan Turkiy dunyo uchun qo‘shma Taraqqiyot bankini tashkil etish loyihasi tayyorlanganini ma’lum qildi. Loyihaga ko‘ra, bankning dastlabki kapitali kamida 1 milliard dollar bo‘lishi mumkin. Unda turkiy davlatlar, xalqaro moliya tashkilotlari va Turkiy investitsiya jamg‘armasi ishtirok etishi mumkin. Bankdan yirik loyihalarni, jumladan, O‘rta koridorni rivojlantirishni moliyalashtirishda foydalanish taklif qilinmoqda.
Zorlu, shuningdek, yagona integratsiyalashgan to‘lov tizimini yaratish va milliy valyutalardagi savdoni kengaytirish imkoniyatini qayd etdi. Boshqa yo‘nalishlar qatorida O‘rta koridorning Fors ko‘rfazi bilan transport aloqalarini rivojlantirish, raqamli hamkorlik va 34 harfdan iborat umumiy turkiy alifboni ilgari surish masalalari tilga olindi.
Progressiv islohotlar markazi ijrochi direktori Mirshohid Aslonov Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasida raqamli ma’lumot almashish tizimini yaratishni taklif qildi. Unga ko‘ra, yuk haqidagi ma’lumot eksportyor tomonidan bir marta kiritilib, tovar yetib kelishidan oldin tranzit va import qiluvchi davlatlarga avtomatik uzatilishi mumkin.
Konferensiya doirasida O‘rta koridor, savdo imkoniyatlari, innovatsiyalar, raqamlashtirish va barqaror rivojlanish masalalariga bag‘ishlangan uchta panel muhokamasi o‘tkazildi.

Powered by Froala Editor