O‘zbekistonda ikki kun ichida 112 kg giyohvand modda musodara qilindi
O'zbekiston
Ikki kun ichida O‘zbekiston DXX va IIV xodimlari giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchilarga qarshi maxsus tezkor operatsiyalar o‘tkazib, 112 kg dan ortiq taqiqlangan moddalar, katta miqdordagi naqd pul va qurol-yarog‘ arsenalini musodara qildi.
O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi xodimlari tomonidan 3-4 fevral kunlari giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurashishga qaratilgan 653 ta tezkor tadbir o‘tkazildi. O‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida 112,26 kg giyohvandlik vositalari, shu jumladan geroin, opiy, gashish va sintetik moddalar, 8 601 dona psixotrop dori vositalari musodara qilindi.
Bundan tashqari, huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan giyohvand moddalarni sotishdan tushgan pul mablag‘lari: 287,46 ming AQSH dollari va 569 million so‘m musodara qilindi. Shuningdek, jinoyatchilardan 175 ta pichoq, 58 ta so‘yil, 24 ta kastet va 77 ta qurol topilgan.
Maxsus idoralar giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishi va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha tezkor tadbirlarni davom ettirmoqda.

Powered by Froala Editor