Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti yorug‘likka sezgir ion kanallari sohasidagi kashfiyotlar uchun berildi
Dunyo
2026-yil fiziologiya va tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga Karl Deyserot, Peter Hegemann va Georg Nagel sazovor bo‘ldi. Mukofot yorug‘likka sezgir ion kanallari va optogenetika sohasidagi kashfiyotlar uchun berildi.
Olimlarning kashfiyotlari optogenetika deb ataladigan usulning paydo bo‘lishiga olib keldi. Ushbu texnologiya yordamida tirik miya tarkibidagi ayrim nerv hujayralari faolligini yorug‘lik orqali yoqish yoki o‘chirish mumkin. Nobel qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda bu usul butun dunyodagi laboratoriyalarda miya faoliyatini o‘rganish uchun qo‘llanmoqda.
Peter Hegemann va Georg Nagel kanalrodopsin deb ataladigan, o‘ziga xos yorug‘likka sezgir xususiyatlarga ega oqsilni tadqiq qildi. Ular ushbu oqsil turli hujayralarga kiritilganda, hujayralar yorug‘likka javob berish qobiliyatiga ega bo‘lishini aniqladi.
Karl Deyserot kanalrodopsin genini kalamushlarning nerv hujayralariga kiritdi. Hujayralarga ko‘k yorug‘lik ta’sir ettirib, u nerv signalini yuzaga keltirishga muvaffaq bo‘ldi. Keyinchalik olim tirik sichqonlar miyasida yorug‘lik orqali boshqariladigan ushbu “kalit”ning ishlashini ham namoyish etdi.
Shu tariqa optogenetika deb nomlangan usul shakllandi. U tadqiqotchilarga yorug‘lik yordamida nerv signallarini boshqarish imkonini beradi va miya faoliyati, jumladan xotira, his-tuyg‘ular va xulq-atvor bilan bog‘liq jarayonlarni o‘rganishda muhim vositaga aylandi.
2026-yil fiziologiya va tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti joriy Nobel haftasining ilk mukofoti bo‘ldi. Laureatlar jami 12 million shved kronasi miqdoridagi mukofot jamg‘armasini bo‘lib oladi.
2025-yilda fiziologiya va tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti Meri E. Brunkou, Fred Ramsdell va Shimon Sakaguchiga periferik immun tolerantligi sohasidagi kashfiyotlari uchun berilgan.
1901-yildan 2026-yilgacha fiziologiya va tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti 117 marta berilgan va jami 232 kishi uning laureati bo‘lgan. Nobel jamg‘armasi qoidalariga ko‘ra, mukofot ikki yoki uch nafar muallif o‘rtasida taqsimlanishi mumkin.

Powered by Froala Editor