Tokayev: Qozog‘istonda yetti yil ichida 1 milliondan ortiq o‘quvchi o‘rniga mo‘ljallangan 1342 ta maktab qurildi
Dunyo
Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jo‘mart Toqayev o‘qituvchilarni kasb bayrami bilan tabriklab, pedagoglarning mamlakat taraqqiyotidagi muhim rolini ta’kidladi. U o‘z nutqida so‘nggi yetti yil ichida Qozog‘istonda 1 milliondan ortiq o‘quvchi o‘rniga mo‘ljallangan 1342 ta maktab qurilganini ma’lum qildi.
Davlat rahbari inson kapitalining sifati mamlakat salohiyatini belgilashini, ta’lim va fan esa uning dunyodagi o‘rni hamda iqtisodiy imkoniyatlariga bevosita ta’sir qilishini qayd etdi. Joriy yilda mamlakatda yana 101 ta maktab qurilmoqda. “Keleshек maktablari” milliy loyihasi doirasida 460 ming o‘quvchiga mo‘ljallangan 217 ta zamonaviy maktab qurildi, ularning 84 tasi qishloq hududlarida joylashgan.
Toqayev yoshlarning pedagoglik kasbiga qiziqishi ortayotganini ham ta’kidladi. Bu yil 12 mingdan ortiq bitiruvchiga pedagogika yo‘nalishlari bo‘yicha davlat grantlari berildi, ular orasida “Altyn belgi” sohiblari bo‘lgan 2 mingdan ortiq bitiruvchi ham bor. Pedagogika yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar stipendiyasi 2,5 barobarga oshdi. Yangi o‘quv yili arafasida hududlarda 15 mingdan ortiq o‘qituvchi ishga joylashtirildi, ularning yarmi yosh mutaxassislardir.
Prezident o‘rta ta’lim tizimiga sun’iy intellektni joriy etishga ham alohida e’tibor qaratdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, SI o‘qituvchining ishini yengillashtirib, ustozlarga o‘quvchilar bilan bevosita ishlash va ularga murabbiylik qilish uchun ko‘proq vaqt berishi kerak. Sentabr oyida Maorif vazirligi ta’limda sun’iy intellektdan foydalanish standartini tasdiqladi. Ilg‘or metodikalar va raqamli platformalar mamlakatdagi barcha maktablar uchun ochiq bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
Toqayev raqamli ko‘nikmalar bilan bir qatorda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish zarurligini ta’kidladi. U kitob o‘qishni yoshlarni yuzaki qarashlar va cheksiz axborot oqimidan himoya qiluvchi “o‘ziga xos ma’naviy qalqon” deb atadi. May oyida Prezident kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va kitobxon millatni shakllantirishga qaratilgan farmonni imzolagan, hukumat esa yil oxirigacha tegishli konsepsiyani qabul qilishi kerak.
Yakunda Toqayev ochiq, bilimli, qonunga itoatkor va mas’uliyatli fuqarolarni tarbiyalashda pedagoglarning o‘rni muhimligini qayd etdi. U barcha o‘qituvchilarga mehnati uchun minnatdorlik bildirib, pedagoglik kasbi chuqur hurmatga loyiq ekanini ta’kidladi.

Powered by Froala Editor