Geyts ish o‘rinlari qisqarishi va AI xavflariga hozirdan tayyorlanishga chaqirdi
Texnologiya
Microsoft asoschilaridan biri Bill Geyts sun’iy intellektning jadal rivojlanishi kelgusi o‘n yil ichida mehnat bozorida keng ko‘lamli o‘zgarishlarga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirdi. Mumkin bo‘lgan yechimlardan biri sifatida u ayrim faoliyat sohalarini faqat insonlar bajarishi kerak bo‘lgan yo‘nalish sifatida belgilashni taklif qildi.
Geyts Gates Notes saytida e’lon qilingan yangi maqolasida sun’iy intellekt alohida sohalargina emas, balki huquqshunoslik, mijozlarga xizmat ko‘rsatish, tibbiyot, dasturiy ta’minot ishlab chiqish va sanoat kabi keng ko‘lamdagi kasblarga ta’sir qilishi mumkinligini qayd etdi. Uning fikricha, texnologik o‘zgarishlar avvalgi mehnat bozori transformatsiyalariga nisbatan ancha tez kechadi va ayrim ish o‘rinlari butunlay yo‘qolishi mumkin.
Geyts ayrim ish turlarini faqat insonlar uchun saqlab qolish konsepsiyasini Human Reserved deb atadi. Uning fikricha, bunday yondashuv nafaqat bandlikni saqlash, balki inson ishtiroki muhim bo‘lgan sohalarni himoya qilish uchun ham zarur bo‘lishi mumkin.
U bunga misol sifatida 2020-yilda Altsgeymer kasalligidan vafot etgan otasiga ko‘rsatilgan parvarishni keltirdi. Geytsning ta’kidlashicha, professional parvarishchilar tomonidan ko‘rsatilgan yordamda «o‘rnini hech narsa bosa olmaydigan insoniylik» mavjud edi. Shuningdek, uning fikricha, robot texnik jihatdan bemorga tuzalmas kasallik tashxisini yetkazishi mumkin, biroq bunday vazifani bajarishi kerak emas.
Geyts AI rivojlanishi bilan bog‘liq boshqa xavflarni ham qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, texnologiya zararli niyatdagi shaxslarning imkoniyatlarini kengaytirishi, xavfli biologik tahdidlarni yaratish va kiberhujumlarni amalga oshirishni osonlashtirishi mumkin. Avtonom tizimlar esa davlatlarning inson qarorisiz halokatli kuch qo‘llash imkoniyatlarini oshirishi mumkin.
Shuningdek, u sun’iy intellektdan firibgarlik, dezinformatsiya, ommaviy kuzatuv va jamoatchilik fikrini manipulyatsiya qilish uchun foydalanilishi mumkinligidan ogohlantirdi.
Geyts avtomatlashtirish oqibatida ishini yo‘qotishi mumkin bo‘lgan xodimlarni qo‘llab-quvvatlash choralarini oldindan tayyorlashga chaqirdi. U robotlar va AI vositalariga soliq joriy etish g‘oyasini yana ilgari surib, bu mablag‘larni xodimlarni qayta tayyorlash va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirish mumkinligini bildirdi.
Geytsning fikricha, «AI insoniyat yaratgan eng buyuk tenglashtiruvchi vositaga yoki tengsizlikning eng yomon manbaiga aylanishi mumkin».

Powered by Froala Editor