Giloslarimiz Hindiston bozorini zabt etmoqda

O'zbekiston

Hindistonning yangi oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib beruvchisi Fresco Fruits kompaniyasi O'zbekistondan gilosni muvaffaqiyatli import qildi.

Giloslarimiz Hindiston bozorini zabt etmoqda
Kompaniya egasi Amit Sharmaning so‘zlariga ko‘ra, mahsulot Hindistondagi iste’molchilar tomonidan ham ijobiy qabul qilingan: "O'zbek gilosini hind iste'molchilari juda yaxshi qabul qilishgan. Ular uni boshqa import qilingan navlardan ajratib turadigan o’zgacha ta'mi va sifati uchun qadrlashadi. O'zbek gilosining narxi ham raqobatbardosh. Garchi u boshqa navlarga qaraganda qimmatroq bo’lsa-da, yuqori sifat va ta'm narx farqini oqlaydi va xaridorlar bu shirin gilos uchun ko'proq pul to'lashga tayyor".

Sharma mahsulot Hindistonga kelganidan keyin uning holatidan juda mamnun: “O‘zbek gilosining Hindistonga tranziti samarali bo’ldi, o‘z vaqtida yetkazib berildi va minimal kechikishlar bilan amalga oshirildi. Gilos o’z sifatini to’liq saqlagan holda yetib keldi, bu bizning bozorimiz uchun juda muhim. Umuman olganda, O'zbekiston talabimizni qondirish uchun yetarli hajmlarni yetkazib berish qobiliyatini namoyish etdi. To’g’ri, har doim hajmlarni oshirish imkoniyati mavjud, ammo joriy yetkazib berish ishonchli va barqarordir”.

Ma’lumki, Hindistonga gilos eksport qilishda ko'proq tajribaga ega bo'lgan boshqa ko'plab ishlab chiqaruvchilar mavjud. Xo’sh, nega aynan o’zbek gilosi? Sharmaning soʻzlariga koʻra, buning bir qancha sabablari bor, masalan, yaroqlilik muddati: "Biz oʻzbek gilosi yuqori sifati va oʻziga xos taʼmi bilan tanilgani uchun uni sinab koʻrishga qaror qildik. Bundan tashqari, gilos manbalarini diversifikatsiya qilish boshqa mintaqalardan ta'minot zanjirining buzilishi bilan bog'liq xavflarni kamaytiradi. O'zbek gilosining alohida e'tiborga molik jihati shundaki, u boshqa navlarga nisbatan uzoqroq saqlanadi. Bu biz uchun mahsulot holatini kuzatish va yo'qotishlarni kamaytirish nuqtai nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi. Qolaversa, xaridorlar ham gilosning ko‘rinishi va ta’mi haqida ijobiy fikr bildirishdi”.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing