Global ochlik indeksida Oʻzbekiston 21-oʻrindan joy oldi
Dunyo
Reytingda Markaziy Osiyo davlatlaridan Qozog‘istonga 28-o‘rin, Qirg‘izistonga 40-o‘rin nasib qildi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti Global Hunger Index 2022-yil uchun xalqaro miqyosdagi ochlik indeksida O‘zbekiston eng yaxshi deb topilgan mamlakatlar orasida 5,6 ball bilan 21-o‘rinni egalladi. Ushbu ko‘rsatkich mamlakat oziq-ovqat yetishmovchiligiga duchor bo‘lmasligini anglatadi.
Joriy yilda Global ochlik indeksda 121 ta mamlakat ishtirok etdi. Indeksining yetakchi pog‘onalarida Belarus, Bosniya va Gersegovina, Chili davlatlari joylashgan. Eng kichik ko‘rsatkichlar Madagaskar, Markaziy Afrika Respublikasi va Yaman mamlakatlarida kuzatilmoqda.
Reytingda MDH davlatlari quyidagi o‘rinlarni egalladi: Qozog‘iston — 24; Rossiya — 28; Armaniston — 32; Ozarboyjon — 36; Ukraina — 36; Qirg‘iziston — 40; Tojikiston — 67.
Ma’lumot uchun, Global ochlik indeksi to‘rtta ko‘rsatkich bo‘yicha aniqlanadi:
• to‘yib ovqatlanmaydigan aholi ulushi;
• besh yoshgacha bo‘lgan vazni me’yordan past bolalar ulushi;
• besh yoshgacha bo‘lgan bo‘yi me’yordan past bolalar ulushi;
• besh yoshgacha bo‘lgan bolalarning o‘lim darajasi.

Powered by Froala Editor