Gofurjon Mirzayev O‘zbekiston mahallalari uyushmasi rahbari va Bosh vazir o‘rinbosari etib tayinlandi
O'zbekiston
Gofurjon Mirzayev O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari etib tayinlanib, mamlakat Mahallalari uyushmasiga rahbar bo‘ldi. Prezident Shavkat Mirziyoyev bu haqdagi farmonni 7 sentyabr kuni imzoladi. Bungacha Mirzayevning nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan.
Yangi tayinlov bilan Bosh vazir o‘rinbosarlari soni besh nafarga yetkazildi. Mirzayev Vazirlar Mahkamasiga o‘tishidan avval prezidentning kadrlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ishlagan.
Shuningdek, davlat rahbari sobiq ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonovni kadrlar masalalari bo‘yicha maslahatchi o‘rinbosari lavozimidan «boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan» ozod qildi. Prezident Administratsiyasi tuzilmasini optimallashtirish doirasida kadrlar masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimi va tegishli bo‘linma tugatilmoqda.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish Komplayens xizmati zimmasiga qo‘shimcha vazifa sifatida yuklatiladi. Xizmat, shuningdek, davlat mukofotlari va geraldika sohasidagi siyosat uchun ham mas’ul bo‘ladi. Mahalla institutining samaradorligini oshirish esa prezidentning vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmasi zimmasiga yuklanadi.
Gofurjon G‘aniyevich Mirzayev 1964 yilda tug‘ilgan. U 1990 yilda Toshkent politexnika institutini, 2000 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini sirtqi ta’lim shaklida, 2003 yilda esa prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.
Mirzayev mehnat faoliyatini Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumanidagi don kombinatida boshlagan va keyinchalik korxona raisi o‘rinbosari lavozimigacha ko‘tarilgan. So‘ng tuman hokimining qurilish, sanoat, transport va aloqa masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. Keyinchalik «O‘zdonmahsulot» davlat kompaniyasi bo‘linmalari hamda Farg‘ona don mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar birlashmasiga rahbarlik qilgan.
2003–2016 yillarda Mirzayev prezident apparatida faoliyat yuritgan. Shundan so‘ng Sirdaryo viloyati hokimi etib tayinlangan va 2022 yil noyabrigacha viloyatni boshqargan.
2022 yil 24 noyabrda prezident uni davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchi etib tayinlagan. 2023 yil avgustida u davlat rahbarining kadrlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘lgan. Shu bilan birga, 2025 yil yozigacha Davlat xizmatini rivojlantirish agentligiga rahbarlik qilgan.

Powered by Froala Editor