Google Pay O‘zbekistonda rasman ishga tushirilmoqda

Iqtisodiyot

O‘zbekistonda Google Pay to‘lov xizmatining rasman ishga tushirilgani e’lon qilindi. Endi foydalanuvchilar bank kartasini chiqarmasdan, smartfon yoki boshqa mos qurilmalar yordamida xaridlar uchun to‘lov qilishlari mumkin.

Google Pay O‘zbekistonda rasman ishga tushirilmoqda
Xizmat ishga tushirilgani haqida Google vakili Samarqandda o‘tkazilgan xalqaro forumda ma’lum qildi.

Google Pay mos qurilmalar orqali kontaktsiz to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beradi. Foydalanuvchi har safar jismoniy bank kartasini chiqarishi shart emas — to‘lovni bevosita smartfon yoki xizmatni qo‘llab-quvvatlaydigan boshqa qurilma orqali amalga oshirish mumkin.

Xizmatning ishga tushirilishi mamlakatda raqamli to‘lov usullarini kengaytiradi. Google Pay’dan foydalanish imkoniyati qurilmaning mosligi va kartani chiqargan bank xizmatni qo‘llab-quvvatlashiga bog‘liq.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing