Gruziyada kuchli zilzila sodir bo'ldi

Dunyo

Gruziyaning Racha-Lechxumi va Kvemo Svaneti mintaqalarida 5,4 magnitudali kuchli zilzila yuz berdi.

Gruziyada kuchli zilzila sodir bo'ldi
Bu haqda Gruziya Milliy seysmik monitoring markazi xabar berdi.

Tabiiy ofatning epimarkazi Oni shahridan 9 km janubi-sharqda aniqlangan va 10 km chuqurlikda joylashgan.

Zilzila mahalliy vaqt bilan 02:03 (Toshkent vaqti bilan 03:03) da sodir bo‘lgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing