Gulchehra-begim Mahmudova va Timur Ahmadjonov Britaniya nashriyoti mukofotiga sazovar bo'lishdi
Shotlandiyada bo‘lib o‘tgan "Eurasian Creative Week" sakkizinchi xalqaro ijodiy festivalda "Hertfordshire Press Award" mukofotini topshirish marosimi o‘tkazildi. “Bolalar uchun eng yaxshi moslashuv” nominatsiyasida bosh sovrin Gulchehra-begim Mahmudovaga topshirildi, yosh rassom Timur Ahmadjonov esa Oltin sertifikat bilan taqdirlandi.
Gulchehra-begim Mahmudova “Buyuk Ipak yo‘lining afsonalari: Vaqt ruhining sarguzashtlari” kitobi uchun mukofotlandi. Ushbu asar Buyuk Ipak yo‘li afsonalariga bag‘ishlangan turkumning bir qismi bo‘lib, 2024-yilda ingliz tilida chop etilgan.
Mazkur kitob bolalar adabiyotining rivojlanishiga muhim hissa qo‘shib, yosh o‘quvchilarga Sharqning boy madaniy merosini ochib beradi. Yaqin kelajakda ushbu seriyaning yana uch jildi nashr etilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, Buyuk Ipak yo‘li qahramonlariga bag‘ishlangan "Silkroadland" nomli ta’lim parki kontseptsiyasini ishlab chiqqan. Kitobning O‘zbekistonda taqdimoti 2024-yil dekabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Bestseller nominatsiyasidagi Oltin sertifikat yosh o‘zbekistonlik rassom Timur Ahmadjonovga “Elish va savatcha ertagi” (Elish and the Wicker Tale) xayriya komiksining ikkinchi jildi uchun topshirildi. Ushbu loyiha Ozarbayjon yozuvchisi Kamron Salayevning kitobidan ilhomlanib, autizm spektridagi buzilishlarga ega bolalarning jamiyatga moslashuvi muammolariga bag‘ishlangan.
Komiks qahramoni – ijtimoiy muloqot va moslashishdagi qiyinchiliklarni yengib o‘tgan Elish ismli bolaning sarguzashtlari haqida. Ushbu komiks ko‘plab mamlakatlarda mashhurlikka erishgan. Loyiha 25 davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlangan va ular orasida ingliz grafi Portland, aktyor Tim Bentin va boshqa madaniyat hamda diplomatiya vakillari ham bor.
Ma'lumot o'rnida, "Hertfordshire Press" – 2002-yildan beri Yevrosiyo adabiyotini ingliz tilida targ‘ib qilib kelayotgan Britaniya nashriyoti. Zamonaviy badiiy va ilmiy-ommabop asarlarni nashr etish bilan birga, ilgari ingliz tilida mavjud bo‘lmagan asarlarni qayta chop etish bilan shug‘ullanadi.

Powered by Froala Editor