Haddan tashqari issiqlik Yevropaga o‘n yillik oxirigacha €800 mlrd zarar yetkazishi mumkin
Iqtisodiyot
Haddan tashqari issiqlik Yevropa uchun eng muhim iqlim xatarlaridan biriga aylanib, iqtisodiyot, mehnat bozori va muhim infratuzilmaga tobora kuchliroq ta'sir ko‘rsatmoqda. Mutaxassislar hisob-kitobiga ko‘ra, yuqori harorat tufayli umumiy iqtisodiy zarar €800 mlrdgacha yetishi mumkin.
Bu haqda EUobserver nashri Yevropa Atrof-muhit Agentligi (EEA) ma'lumotlariga tayanib xabar berdi. EEAning iqlim o‘zgarishiga moslashuv bo‘yicha eksperti Hans Martin Fyusselning ta'kidlashicha, haddan tashqari issiqlik aholi salomatligi bilan bir qatorda iqtisodiyot uchun ham jiddiy makroiqtisodiy va byudjet xavflarini yuzaga keltirmoqda.
Allianz SE tahliliga ko‘ra, 2030 yilgacha eng katta iqtisodiy yo‘qotishlar Fransiyada kuzatilishi mumkin. Mamlakatda qariyb $240 mlrd hajmidagi iqtisodiy ishlab chiqarish xavf ostida qolmoqda. Shuningdek, Italiya, Ispaniya va Germaniyada ham sezilarli yo‘qotishlar prognoz qilinmoqda.
EEA eksperti Arianna Jannetti issiq to‘lqinlari ko‘plab iqtisodiyot tarmoqlariga, ayniqsa ochiq havoda faoliyat yurituvchi sohalar, energetika va transport infratuzilmasiga tizimli xavf tug‘dirayotganini ta'kidladi.
Iyun oyining ikkinchi yarmida G‘arbiy Yevropaning qator mamlakatlarida havo harorati 40°C dan oshdi. Copernicus dasturi ma'lumotlariga ko‘ra, o‘tgan iyun kuzatuvlar tarixidagi eng issiq oy bo‘lib, yer yuzasi yaqinidagi o‘rtacha harorat 20,74°C ni tashkil etdi.
Bundan tashqari, keng ko‘lamli o‘rmon yong‘inlari ham iqtisodiy bosimni kuchaytirmoqda. Financial Times xabariga ko‘ra, Fransiya, Ispaniya va Yevropaning boshqa hududlarida yong‘inlarni bartaraf etishga sarflangan xarajatlar allaqachon €3 mlrddan oshgan.

Powered by Froala Editor