HAMAS G‘azo ustidan nazoratni Falastin hukumati ixtiyoriga topshirishga tayyor

Dunyo

HAMAS harakati G‘azo sektorini Falastin Milliy Ma’muriyati (FMM) nazoratiga berishga tayyor ekanini bildirdi, deb xabar bermoqda Sky News Arabia telekanali.

HAMAS G‘azo ustidan nazoratni Falastin hukumati ixtiyoriga topshirishga tayyor
HAMAS G‘azo sektorini Falastin Milliy Ma’muriyati (FMM) boshqaruviga topshirishga rozi bo‘ldi, deb xabar berdi Sky News Arabia telekanali o‘z manbalariga tayanib. Biroq, asosiy shart sifatida amaldagi ma’muriyat xodimlarining ish joylarini saqlab qolish yoki ularga pensiya kafolatlarini ta’minlash talab qilingan.

Manbalarga ko‘ra, bu qaror Qohirada o‘tkazilgan muzokaralar chog‘ida Misrning jiddiy bosimi ostida qabul qilingan. Misr mintaqadagi vaziyatni barqarorlashtirish uchun asosiy vositachi rolini o‘ynaydi.

Bu orada AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington G‘azo sektorini qayta tiklash jarayonini o‘z nazoratiga olishini va uni "Yaqin Sharq Rivyerasi"ga aylantirish niyatida ekanini bildirdi. U, shuningdek, hozirgi G‘azoni "buzilishga tayyor maydon" deb atab, uning aholisini qo‘shni davlatlarga ko‘chirishni taklif qildi.

Arab davlatlari G‘azoning kelajagi bo‘yicha bir nechta ssenariyni ko‘rib chiqmoqda. Jumladan, Misr bilan chegarada bufer zonasi yaratish va falastinliklar uchun vaqtinchalik lagerlar tashkil etish rejalari ham mavjud. Shu bilan birga, mintaqada Qatarning, Misrning va AQShning vositachiligi bilan 19-yanvarda erishilgan sulh amalda qolyapti. Ushbu kelishuv doirasida garovga olingan shaxslar almashinuvi amalga oshirildi va o‘t otilishini butunlay to‘xtatish hamda G‘azo sektorini qayta tiklash bo‘yicha keyingi muzokaralar kutilayapdi.

G‘azodagi vaziyat noaniqligicha qolmoqda va asosiy masala - yaqin kelajakda bu mintaqani boshqarishni kim o‘z qo‘liga olishi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing