Oʻzbekiston bokschilari sofiyadagi “Kichik Jahon Chempionati”ga yoʻl olmoqda
Sport
Bolgariyaning Sofiya shahrida 24-fevraldan 2-martgacha boʻlib oʻtadigan boks boʻyicha “Stranja” xalqaro turniri, yaʼni “kichik jahon chempionati”da Oʻzbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi. Milliy Olimpiya Qoʻmitasi va Oʻzbekiston Boks Federatsiyasi ushbu musobaqada mamlakat sharafini himoya qiladigan sportchilar roʻyxatini eʼlon qildi.
Musobaqa nufuzi juda yuqori boʻlib, unda dunyoning eng kuchli bokschilari ringga koʻtariladi. Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida jahon va Olimpiada chempionlari ham bor, bu esa jamoaning imkoniyatlari ancha yuqori ekanini koʻrsatadi.
Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibi:
48 kg – Behruz Xoldorov
51 kg – Asilbek Jalilov
54 kg – Hasanboy Doʻsmatov, Shahzod Muzaffarov
57 kg – Xoʻjanazar Nortojiyev
60 kg – Abdumalik Xalokov, Samandar Olimov
63.5 kg – Sayat Ilyasov
67 kg – Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev
75 kg – Javohir Ummataliyev
80 kg – Fazliddin Erkinboyev, Nurislom Ismoilov
86 kg – Akmaljon Isroilov
92 kg – Toʻrabek Habibullayev
+92 kg – Arman Maxanov, Jahongir Zokirov, Abdurahmon Rustamov
Turnir Oʻzbekiston bokschilari uchun muhim sinov maydonchasidir, chunki bu musobaqa kelajakdagi yirik chempionatlar, jumladan, Olimpiya oʻyinlari oldidan tayyorgarlik bosqichining bir qismi hisoblanadi.

Powered by Froala Editor