HAMAS rasman boshlanmagan garovga olish muzokaralarini yakunladi

Dunyo

Isroil haligacha Qatarda norasmiy bo‘lib o‘tgan bilvosita muzokaralarga ham rasmiy rozilik bermagan.

HAMAS rasman boshlanmagan garovga olish muzokaralarini yakunladi
Falastin rasmiylarining “Reuters” agentligiga ma’lum qilishicha, HAMAS Al-Shifo shifoxonasiga qilingan hujum ortidan isroillik garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatgan. Bu haqda “BBC”yozmoqda.

Isroil haligacha Qatarda norasmiy bo‘lib o‘tgan bilvosita muzokaralarga ham rasmiy rozilik bermagan. Gap Isroil qamoqxonalaridagi falastinlik mahbuslarni, asosan ayollarni ozod qilish evaziga isroillik garovga olinganlarni ozod qilish haqida ketmoqda.

Isroilning yuqori martabali mulozimlari bunday kelishuvni tuzish imkoniyatini istisno qilmayapti. Gumanitar sabablarga ko‘ra qisqa muddatli o‘t ochishning to‘xtatilishi e’lon qilinmagan muzokara jarayonining birinchi qadami ekanligiga ishoniladi.

Isroil HAMAS qo‘lidagi ayollar va bolalarni ozod qilishga tayyorligini biladi. Buning evaziga HAMAS mahbuslarni ozod etish, yonilg‘i va qo‘shimcha gumanitar yordam berishni talab qilmoqda.

AQSH ma’muriyatining yuqori martabali mulozimi NBC News telekanaliga Isroil va HAMAS o‘rtasida Isroil qamoqxonalarida saqlanayotgan falastinlik ayollar hamda o‘smirlar evaziga qoʻlga olingan 80 nafar ayol va bolalarni topshirishni o‘z ichiga oladigan kelishuvning mumkin bo‘lgan variantlari haqida bir oz tushuncha borligini tasdiqladi, ammo boshqa variantlar ham ko‘rib chiqilmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing