"Hamkorbank" ATBga reklama qonunchiligi buzilishi sababli moliyaviy jarima qo‘llanildi

O'zbekiston

Raqobat qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida "Hamkorbank" ATBning onlayn mikroqarz xizmati reklamasida iste’molchilarni chalg‘ituvchi ma’lumotlar mavjudligi aniqlangan. Reklamada "50 million so‘mgacha onlayn mikroqarz rasmiylashtiring!" degan ibora berilgan bo‘lsa-da, kreditning asosiy shartlari keltirilmagan.

"Hamkorbank" ATBga reklama qonunchiligi buzilishi sababli moliyaviy jarima qo‘llanildi
Mazkur reklamaning internet sahifasidagi ma’lumotlar asosida ko‘rib chiqilishi natijasida, bank mijozlariga to‘liq ma’lumot yetkazilmagani aniqlangan. Bu holat iste’molchilarni noto‘g‘ri ma’lumotga asoslangan qaror qabul qilishga olib kelishi mumkin.

Raqobat qo‘mitasi Maxsus komissiyasi ushbu holatni “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun talablarini buzish deb baholab, bankka moliyaviy jarima qo‘llashga qaror qildi. Shuningdek, bankka qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelajakda bu kabi xatolarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing