Hamkorlikning yangi nuqtasi: Avazada muzokaralar

O'zbekiston

Avaza shahriga tashrifi davomida Saida Mirziyoyeva yordamga muhtoj bolalarga ko‘mak beruvchi xayriya jamg‘armasi vitse-prezidenti Oguljahan Atabayeva bilan uchrashdi. U Turkmanistonning betaraflikning 30 yilligiga bag‘ishlangan samimiy tabriklarini yetkazdi va gumanitar hamkorlik hamda bolalarni himoya qilishga qaratilgan ijtimoiy tashabbuslarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Hamkorlikning yangi nuqtasi: Avazada muzokaralar
Tomonlar so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlari o‘rtasidagi muzokaralar natijasida erishilgan muhim yutuqlar, jumladan «Shovot–Dashog‘uz» chegaraoldi savdo zonasining ochilishini alohida qayd etdi. Mirziyoyeva Jamg‘arma loyihalari va tibbiyot klasteri ko‘rgazmasi bilan tanishib, kelgusida hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanini bildirdi.

Avazada Saida Mirziyoyeva Ozarbayjonning Heydar Aliyev fondi vitse-prezidenti Leyla Aliyeva bilan ham uchrashdi. Uchrashuvda ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli o‘zaro aloqalar eng yuqori darajaga ko‘tarilgani ta’kidlandi. Tomonlar qo‘shma gumanitar tashabbuslar istiqbollari va hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing