Baxodir Jalolov va Xasanboy Do‘smatovlarga "Podpolkovnik" harbiy unvonlari topshirildi

O'zbekiston

"Parij-2024" Olimpiya o‘yinlarida yurtimiz sharafini himoya qilgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va ularning murabbiylari tantanali ravishda taqdirlandi. Tadbirda Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R. Djurayev ishtirok etib, sportchilarimizga navbatdan tashqari unvonlar topshirdi.

Baxodir Jalolov va Xasanboy Do‘smatovlarga "Podpolkovnik" harbiy unvonlari topshirildi
Ushbu tantanali tadbirda kapitanlar Baxodir Jalolov va Xasanboy Do‘smatovlarga "Podpolkovnik" harbiy unvonlari topshirildi. Milliy gvardiyaning yuksak mukofotlari sportchilarimizning mardligi va jasorati uchun berildi.
Tadbirda Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R. Djurayev sportning xalqlarni birlashtiruvchi, do‘stlikni mustahkamlovchi kuch ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sportchilarimizga bo‘lgan e’tibor va g‘amxo‘rliklari haqida so‘z yuritdi.
Sportchilarimizning yutuqlari, xususan, 8 ta oltin medal, sportda erishilgan tarixiy g‘alabalar Prezidentimiz va xalqimizning yuksak e’tiboriga sazovor bo‘ldi. Bahodir Jalolov va Xasanboy Do‘smatov kabi sportchilarimizning muvaffaqiyatlari yurtimiz sharafini yuksaltirishda muhim rol o‘ynadi.

Milliy gvardiya xarbiy xizmatchilari va ularning murabbiylari yuksak mukofotlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Bu yutuqlar, albatta, kelajakda sportning yuksalishiga kuchli turtki bo‘ladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing