Hindiston va Armaniston harbiy-texnik hamkorlikni kengaytirmoqda
Dunyo
Hindiston va Armaniston mudofaa sohasidagi hamkorlikni, jumladan, qurol-yarog‘ yetkazib berish hamda harbiy idoralar o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirmoqda. 2026-yil 17-avgust kuni Hindiston Mudofaa vaziri Rajesh Kumar Singh Yerevanda Armaniston mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari, Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i, general-leytenant Edvard Asryan bilan muzokara o‘tkazdi. Uchrashuv yakunida tomonlar ikki mamlakat qurolli kuchlari Bosh shtablari o‘rtasidagi hamkorlikning yangi formatini belgilovchi hujjat almashdilar.
Harbiy-texnik hamkorlik Hindistonda ishlab chiqarilgan bir qator tizimlarni qamrab oladi. 2020-yilda Armaniston artilleriya, minomyot va raketa pozitsiyalarini aniqlash uchun mo‘ljallangan to‘rtta Swathi radiolokatsiya tizimini taxminan $40 mln qiymatida xarid qilish bo‘yicha shartnoma tuzgan.
2022-yilda Yerevan Hindistonning Akash havo mudofaa tizimining birinchi xorijiy xaridoriga aylandi. 15 ta tizim uchun tuzilgan bitim qiymati qariyb $720 mlnni tashkil etgan. Yetkazib berish 2024-yilda boshlangan.
Shu yili Armaniston Hindiston bilan Pinaka reaktiv tizimlari, jumladan, uchirish qurilmalari, boshqariladigan raketalar va tegishli uskunalarni yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishdi. 2026-yil yanvarida ushbu tizimlar uchun boshqariladigan raketalarning navbatdagi partiyasi yuborilgani haqida xabar berilgan.
Hamkorlik Armanistonning mudofaa sohasidagi ta’minot manbalarini diversifikatsiya qilish siyosati doirasida rivojlanmoqda. Hindiston uchun esa Armaniston yo‘nalishi milliy mudofaa sanoati mahsulotlari bozorini kengaytirish bilan birga, Janubiy Kavkazdagi ishtirokini kuchaytirish imkonini beradi.

Powered by Froala Editor