Hindiston va O‘zbekiston konchilik sohasidagi hamkorlikni amaliy bosqichga olib chiqmoqda
Iqtisodiyot
Hindiston yaqin oylarda O‘zbekiston bilan konchilik sohasidagi hamkorlikda sezilarli natijalarga erishishni kutmoqda. Muzokaralarning asosiy yo‘nalishlari tijorat loyihalari, kritik minerallar, geologiya-qidiruv ishlari, xomashyoni qayta ishlash hamda Hindiston kompaniyalarining istiqbolli konlarni o‘zlashtirishdagi ishtirokini qamrab oladi.
Hindiston Bosh vaziri Narendra Modining O‘zbekistonga davlat tashrifi davomida Hindiston Konlar vazirligi va O‘zbekiston Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi o‘rtasida geologiya va mineral resurslar sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.
Hindiston Tashqi ishlar vazirligining G‘arb yo‘nalishi bo‘yicha kotibi Sibi Jorj tomonlar aniq tijorat loyihalari va erishilgan kelishuvlarni tezkor amalga oshirish uchun delegatsiyalar almashinuvini muhokama qilayotganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Hindiston biznesining O‘zbekiston bilan ushbu sohadagi hamkorlikka qiziqishi yuqori va buning uchun zarur institutsional asos yaratilgan.
Shavkat Mirziyoyev va Narendra Modi muzokaralari yakunlari bo‘yicha qo‘shma bayonot geologiya, qazib olish, mineral xomashyoni qayta ishlash va yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni o‘rganishni nazarda tutadi. Tomonlar kritik va strategik minerallar sohasidagi hamkorlikni kengaytirish hamda Hindiston kompaniyalarining O‘zbekistondagi istiqbolli konlarni o‘zlashtirishdagi ishtirokini rag‘batlantirishga ham kelishib oldi.
Uran alohida yo‘nalish bo‘lib qolmoqda. Hindiston va O‘zbekiston uran yetkazib berish bo‘yicha yangi uzoq muddatli bitim yuzasidan muzokaralar olib bormoqda va Hindiston tomoni hujjatni tayyorlashda siljish borligini qayd etdi.
Resurslar sohasidagi hamkorlikdan tashqari, Hindiston Orolbo‘yi hududini ko‘kalamzorlashtirish va ekologik tiklash uchun 1 mln AQSh dollari ajratilishini e’lon qildi. Tashabbus O‘zbekistonning «Yashil makon» va Hindistonning Ek Ped Maa Ke Naam dasturlari bilan bog‘liq bo‘lib, Hindistonning grant dasturi doirasida amalga oshiriladi.

Powered by Froala Editor