Homilador yoki farzandi bor ayolni ishdan bo'shatish taqiqlanadi

O'zbekiston

Qonunchilikka ko'ra, ayolni homiladorligi yoki shaxsni yosh bolani parvarish qilayotganligini bila turib, uni ishga olishdan g'ayriqonuniy ravishda bosh tortish yoki ishdan bo'shatish taqiqlanadi.

Homilador yoki farzandi bor ayolni ishdan bo'shatish taqiqlanadi
Bunda, homiladorligi yoki farzandi borligi bilan bog'liq sabablar sababli ishga qabul qilishni rad etish yoki mehnatga haq to'lash miqdorini kamaytirish, quyidagi jazo choralaridan biri qo'llanilishiga sabab bo'ladi:

BHMning 25 baravarigacha miqdorda (8 million 500 ming so'mgacha) jarima;

3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish;

3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing