Husiylar AQSh va Britaniya bilan uzoq muddatli mojaroga tayyor ekanliklarini e’lon qilishdi

Dunyo

Yamanning “Ansor Alloh” (husiylar) harakati AQSh va Buyuk Britaniya bilan uzoq muddatli mojaroga tayyor. Bu haqda harakat vakili Muhammad Nosir al-Atefi ma’lum qildi.

Husiylar AQSh va Britaniya bilan uzoq muddatli mojaroga tayyor ekanliklarini e’lon qilishdi
“Amerikaliklar, britaniyaliklar va ular bilan hamkorlik qilayotganlar Yamanning suveren qarorining kuchini tushunishlari kerak”, dedi al-Atefi.

Ma’lumot uchun, G‘azo sektorida Isroil bosqini boshlangandan so‘ng “Ansor Alloh” harakati Isroil hududiga hujumlar uyushtirishi, hamda Qizil dengiz va Bob al-Mandab bo'g'ozidan kemalar o‘tishiga yo‘l qo‘ymasligini bildirgan edi.

Joriy yilning 12-yanvar kuni Britaniya va AQSh kuchlari samolyotlar, kemalar va suv osti kemalari yordamida Yamanning bir qator shaharlari, jumladan Sana va Hudaydada “Ansor Alloh” nishonlariga birinchi zarbalarni berdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing