Husiylar Saudiya Arabistonidagi harbiy obyektlarga qarshi «keng ko‘lamli operatsiya» o‘tkazilganini bildirdi

Dunyo

Husiylar vakili Yahyo Sari Saudiya Arabistonining harbiy obyektlari va infratuzilmasiga qarshi «keng ko‘lamli operatsiya» o‘tkazilganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hujum Ar-Riyodning Yamanga qarshi harakatlariga javoban amalga oshirilgan.

Husiylar Saudiya Arabistonidagi harbiy obyektlarga qarshi «keng ko‘lamli operatsiya» o‘tkazilganini bildirdi
Sari operatsiya davomida o‘nlab ballistik raketalar va uchuvchisiz qurilmalar qo‘llanganini aytdi. Uning bayonotiga ko‘ra, asosiy nishon Saudiya Arabistonining janubi-g‘arbidagi Hamis-Mushayt hududida joylashgan King Khalid aviabazasi bo‘lgan.

Husiylar vakili hujumlar davomida samolyot angarlari, radar stansiyalari, uchish-qo‘nish yo‘laklari va o‘q-dori omborlari nishonga olinganini bildirdi.

Sari hujumlar «Yaman xalqiga qarshi agressiya» to‘xtatilmaguncha davom etishini aytdi. Shuningdek, u husiylar «blokadaga qarshi blokada» va «eskalatsiyaga eskalatsiya bilan javob» tamoyillariga amal qilishini ta’kidladi.

Bu bayonot husiylar va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi keskinlik kuchayib borayotgan bir paytda yangradi. Avvalroq husiylar qirollikning janubidagi obyektlarga raketa va dronlar yordamida hujumlar uyushtirilganini bildirgan edi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing