Ibn Xaldun universiteti va Yenidogu maktabi: O‘zbekiston bilan hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar
O'zbekiston
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Istanbulga tashrifi davomida Najmiddin Bilol Erdo‘g‘an bilan birgalikda Ibn Xaldun universiteti va Yenidogu maktabiga bordi. Tashrif yakunida ikki mamlakat ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, tajriba almashish hamda maktab o‘quvchilari, talabalar va pedagoglar uchun yangi imkoniyatlar yaratish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Tashrif davomida Saida Mirziyoyeva Turkiya ta’lim muassasalarida qo‘llaniladigan o‘qitish uslublari va ta’lim jarayonini tashkil etish yondashuvlari bilan tanishdi. Ta’lim sifatini oshirish, yoshlarning qobiliyatlarini yuzaga chiqarish va ularda mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan tajribalar alohida qiziqish uyg‘otdi.
Ibn Xaldun universiteti va Yenidogu maktabida nafaqat bilim sifatiga, balki o‘quvchilarning salohiyatini rivojlantirishga ham e’tibor qaratiladi. Ushbu yondashuvlar bilan tanishish O‘zbekiston va Turkiya ta’lim muassasalari o‘rtasida tajriba almashish hamda ilg‘or amaliyotlarni o‘rganish imkoniyatlarini muhokama qilishga zamin yaratdi.
Tashrif doirasida ta’lim muassasalari o‘rtasidagi bevosita aloqalarni kengaytirish istiqbollari ham ko‘rib chiqildi. Tomonlar tajriba almashinuvini rivojlantirish va ikki mamlakat ta’lim sohasi vakillari uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishga kelishib oldi.
“Ta’lim sohasi — O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi yaqin munosabatlarning muhim qismidir. Bu boradagi hamkorligimiz yoshlarga bilim olish, rivojlanish va bir-birini yaxshiroq tanish imkonini beradi”, — deb ta’kidladi Saida Mirziyoyeva.
Ta’lim sohasidagi hamkorlik O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi aloqalarning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish bilim va tajriba almashinuviga, shuningdek, yoshlar va pedagoglar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.

Powered by Froala Editor